Joriy yilning 14-avgust kuni hududiy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi o‘tkazildi.

14.08.2024

751

msk_yangiliklari_in

Joriy yilning 14-avgust kuni hududiy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi o‘tkazilib, uni komissiya raisi Shuhrat Jo‘rayev boshqardi. Yig‘ilishda Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarini tuzish to‘g‘risidagi masala ko‘rildi.

 

Hududiy saylov komissiyasiga “E-saylov” tizimi orqali Xalq deputatlari 8 ta tuman va 3 ta shahar Kengashlarining okrug saylov komissiyalari a’zolariga tavsiyalar kelib tushdi.

 

 

11 ta tuman-shahar bo‘yicha 360 nafar a’zo tavsiya etilgan nomzodlarning 305 nafari avvalgi saylovlarda qatnashgan bo‘lsa, 55 nafari birinchi marotaba ishtirok etmoqda. Nomzodlarning 186 nafari xalq ta’limi, 101 nafari turli davlat idoralari va muassasalari, 64 nafari o‘zini o‘zi boshqarish organlari, 3 nafari nodavlat-notijorat tashkilotlar xodimlari, 1 nafari jamoat tashkiloti va 5 nafari boshqa nodavlat faoliyat sohasi vakillaridir.

 

Ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur