Uzoq muddatli xorijiy kuzatuvchilar Navoiy viloyatida o‘z missiyasini boshladi

04.10.2024

78

msk_yangiliklari_in

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovlarida xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan uzoq muddatli kuzatuvchilar Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi.

 

Bugun Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Demokratik institutlari va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YEXHT/DIIHB)ning uzoq muddatli kuzatuvchilari – Svitil Pavel (Chexiya) hamda Skovbo Stig (Daniya) Navoiy viloyati hududiy saylov komissiyasida bo‘lib, hududiy komissiya a’zolarining ish faoliyati hamda Matbuot markazida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

 

 

Dastavval, uzoq muddatli kuzatuvchilar hududiy saylov komissiyasi raisi Sh.Djurayev bilan tor doirada muloqot o‘tkazib, 27-oktabrda mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy jarayon haqida suhbatlashdi.

 

Shundan so‘ng uzoq muddatli kuzatuvchilar o‘z missiyalari haqida axborot berishdi. Muloqot davomida hududiy saylov komissiyasi raisi Sh.Djurayev asosiy e’tiborni komissiya faoliyatiga qaratib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Saylov komissiyalari a’zolarining malakasini oshirishni tashkil etish Konsepsiya”si asosida tashkil etilayotgan o‘quv jarayonlari, mashg‘ulotlar davomida uchastka saylov komissiyalari a’zolarining saylov qonunchiligi va ovoz berishda zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha nazariy bilimlari hamda amaliy ko‘nikmalari rivojlantirilishi, uchastka saylov komissiyalari a’zolari faoliyatini takomillashtirishda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tayyorlangan “Saylov qonunchiligi va amaliyoti bo‘yicha o‘quv amaliy qo‘llanma” ahamiyati bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berdi.

 

 

Shuningdek, uchrashuv davomida bugungi kunda hududiy saylov komissiyasi tomonidan kalendar-rejaga asosan amalga oshirilayotgan faoliyat, saylovda ilk marotaba ovoz beradigan yoshlar bilan o‘tkazilayotgan uchrashuvlar, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish jarayonlari, mahalliy bosma va elektron OAVda partiyalarning saylovoldi tashviqoti tashkil etilganligi hamda bo‘lajak saylovlar ochiq va oshkoralik o‘tishiga alohida urg‘u berib o‘tildi.

 

Uzoq muddatli kuzatuvchilarning Navoiy viloyatidagi missiyasi davom etmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

Navoiy viloyati hududiy saylov komissiyasi

 

Matbuot markazi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur