O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlari deputatlarining saylovlarini o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari raislari uchun saylov kuni o‘zini tutish qoidalariga doir seminar-trening bo‘lib o‘tdi

25.10.2024

57

msk_yangiliklari_in

O‘quv mashg‘ulotlar masofaviy-onlayn shaklda tashkil etilgan bo‘lib, 430 ta uchastka saylov komissiyalari raislari ishtirok etishdi.

 

Seminar-treningni Navoiy viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi Shuhrat Djurayev olib bordi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar sayloviga oz fursat qolganini, barcha zimmasidagi yuksak mas’uliyatni his etib, saylovni ochiq, oshkora va milliy saylov qonunchiligi asosida o‘tkazishga mas’ulligini alohida ta’kidladi.

 

   

 

Mazkur seminarni o‘tkazishdan maqsad bo‘lajak saylovlarni milliy saylov qonunchiligiga muvofiq ravishda o‘tkazish lozimligini yana bir bor ta’kidlash, - deydi Navoiy viloyati HSK rais o‘rinbosari Gulnoz Aslonova. – Shuningdek, seminar davomida ta’kidlangan barcha yo‘l-yo‘riqlar Saylov kodeksi hamda Markaziy saylov komissiyasining qarorlari talablari hisoblanishini qayd etish. Ma’lumot uchun, uchastka saylov komissiyalarining ish faoliyatini to‘g‘ri va samarali tashkil etish maqsadida, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Uchastka saylov komissiyalari uchun amaliy-qo‘llanma, Saylov qonunchiligi va amaliyoti bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanma, Saylov haqida ma’lumotnoma, Ovoz berishdan keyingi harakatlar (eslatma) kabi qo‘llanma, eslatma va plakatlar shuningdek, Brayl alifbosi asosida tayyorlangan trafaretlar hamda saylovchilar ro‘yxatidan saylovchini izlab topish uchun maxsus lineykalar tayyorlab hududlarga yetkazib berilgan.

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur