Bugundan e’tiboran mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi kampaniyasiga start berildi. Shu munosabat bilan Navoiy viloyati hududiy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlisni Navoiy viloyati hududiy saylov komissiyasining raisi Shuhrat Jo‘rayev olib borib, hududiy saylov komissiyasining ish rejasini tasdiqlash, saylov komissiyasi a’zolarining vazifalar taqsimoti va tuman-shaharlarga biriktirish, saylov komissiyasining ish hujjatlari nomenklaturasi haqidagi masalalar ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi. Shuningdek, majlisda hududiy saylov komissiyasi a’zolariga a’zolik guvohnomalari topshirildi.