Navoiy shahridagi saylov uchastkalarida o‘rganish olib borildi

16.10.2024

115

msk_yangiliklari_in

Yurtimizda muhim siyosiy jarayon – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq ishlar qizg‘in tus olmoqda. Uchastka saylov komissiyalari saylov komissiyalari tizimida asosiy bo‘g‘in hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, uchastka saylov komissiyalari oldida juda katta mas’uliyatli vazifalar turibdi.

 

Navoiy viloyati hududiy saylov komissiyasi a’zolari tomonidan bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat va shahar Kengashlari deputatlarining saylovlarini o‘tkazuvchi saylov uchastkalarining tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishish maqsadida Navoiy shahridagi saylov uchastkalarida o‘rganish olib borildi. 

 

     

 

O‘rganishlar davomida saylov uchastkalari uchun ajratilgan xonalar qonunchilikda belgilangan talablar asosida jihozlanganligi, zarur texnika vositalari va tegishli adabiyotlar bilan ta’minlanganligi, saylov qonunchiligiga oid ma’lumotlar, saylovchilar huquq va majburiyatlari to‘g‘risidagi targ‘ibot vositalari mavjudligi, uchastkalardada ovoz berish kabinalari, statsionar va ko‘chma saylov qutilari tayyorlanganligi, muddatdan olidn ovoz berish uchun byulletenlar mavjudligi ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kachiliklar bartaraf etildi hamda uchastka saylov komissiyalariga zarur tavsiyalar berildi, - deydi Navoiy viloyat hududiy saylov komissiyasi a’zosi Musallam Ibragimova.

 

     

 

Kun davomida Navoiy viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi Sh.Djurayev ishtirokida Navoiy shahrida joylashgan saylov uchastkalari raislari uchun saylov oldi uchrashuv o‘tkazilib, muhim masalalar muhokama etildi. Xususan, majlis kun tartibidan saylovchilarning muddatidan oldin ovoz berishini tashkil qilish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning saylov huquqlarini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

 

Saylov uchastkalari raislariga o‘z vazifalarini to‘g‘ri va samarali bajarish, shuningdek, saylov jarayonini o‘z vaqtida va ishonchli ravishda amalga oshirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.

 

     

 

Navoiy viloyati hududiy saylov komissiyasi

Matbuot markazi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur