Navoiy davlat pedagogika institutida tashkil etilgan uchrashuvda Navoiy shahridagi MFY raislari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari hamda oliy ta’lim muassasalarining talaba yoshlari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida MSK raisi Zayniddin Nizamxodjayev joriy yil 27-oktyabrda bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovining o‘ziga xos xususiyatlari, xususan, ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga aralash saylov tizimi asosida bo‘lib o‘tadigan saylovning afzalliklari, saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, saylov jarayonlarida o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan ishtirok etuvchi kuzatuvchilarning huquq va majburiyatlari, saylov tizimida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar yuzasidan so‘z yuritdi.
Navoiy viloyati hududiy saylov komissiyasi
Matbuot markazi