Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari hududiy saylov komissiyasi faoliyati bilan tanishdi

23.09.2024

73

msk_yangiliklari_in

Joriy yilning 23-sentabr sanasida Navoiy viloyati hududiy saylov komissiyasi joylashgan binoda komissiya a’zolari hamda Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

 

 Saylov qonunchiligi bo‘yicha ma’lumotlar berishga qaratilgan mazkur muloqotda dastlab 27-oktabrda bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi, viloyatimizda saylovni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari, mamlakatimizda ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovlar aralash saylov tizimi asosida o‘tkazilishi, aralash saylov tizimining afzalliklari haqida Navoiy viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari G.Aslonova hamda kotibi F.Xolbutayev tomonidan ma’lumotlar taqdim etildi.

 

 

Uchrashuv davomida harbiy xizmatchilar saylov tizimiga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirish va qo‘shimchalar, saylov jarayonlarida ommaviy axborot vositalari xodimlarining ishtiroki, muddatidan oldin ovoz berish tartibi to‘g‘risida tushunchalar berildi.

 

 Shuningdek, harbiy xizmatchilar komissiya a’zolari uchun yaratilgan sharoitlar bilan atroflicha tanishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.

 

 

 

Navoiy viloyati hududiy saylov komissiyasi 

Matbuot markazi

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur