Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini kuzatish maqsadida yurtimizga kelgan Rossiya Federatsiyasi Orlov viloyati Saylov komissiyasi raisi Liliya Pinyayeva va Rossiya Federatsiyasi Orlov viloyati Saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Svetlana Gontar Navoiy viloyati hududiy saylov komissiyasida bo‘ldi.
Viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi Sh.Djurayev va komissiya a’zolari xalqaro kuzatuvchilarga mamlakatimiz saylov qonunchiligi, bu yilgi parlament va mahalliy Kengashlar saylovi kampaniyasi haqida ma’lumot berishdi.
O‘z navbatida kuzatuvchilar saylov jarayonlarining Rossiya Federatsiyasida tashkil etilishi haqida to‘xtalishib, O‘zbekistonda raqamli texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor qaratilayotgani,bu esa saylovning adolatli, shaffof o‘tishini ta’minlashga xizmat qilishini ta’kidlashdi.
Navoiy viloyati hududiy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati