O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2025 yil 19 noyabrdagi “Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi 1453-sonli qaroriga asosan Navoiy viloyatining quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan saylov okrugida xalq deputatlari Karmana tuman Kengashlarining ayrim bo‘shab qolgan deputatlik o‘rini uchun 2025 yil 21 dekabr, yakshanba kuni yangi saylov bo‘lib o‘tadi.
|
T/r |
Mahalliy Kengash nomi |
Saylov okrugi nomi |
Saylov uchastkasi tartib raqami |
Saylov uchastkasi |
Saylov uchastkasi chegaralari |
|
1. |
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi |
3-Narpay |
61-uchastka |
Karmana tumani, “Narpay” mahalla fuqarolar yig‘ini, “Langar” ko‘chasi 1-uy, 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosi. |
“Narpay” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Bobur, “Langar”, “Afsona”, A.Navoiy va “Bog‘” ko‘chalari hududlari chegaralarida. |
|
62-uchastka |
Karmana tumani, “Paxtaobod” mahalla fuqarolar yig‘ini, “Hunarmand” ko‘chasi 43-uy, 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosi.
|
“Narpay” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Kamolot” massivi va “Paxtaobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Fayz”, “Hunarmand”, “Fayzbaraka”, “Barkamol avlod”, “Mustaqillik”, “Bog‘i Eram” va “Yoshlar” ko‘chalari hududlari chegarasida. |
Eslatma!
1. Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari saylash huquqiga egadir;
2. Saylov byulleteni saylovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida tegishli saylov uchastkasining saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarga beriladi;
3. Uchastka saylov komissiyalari binolarida muddatidan oldin ovoz berish (2025 yil 15 dekabrdan, 19 dekabr oxirgi kun) ish kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam olish kunlari soat 11:00 dan soat 17:00 ga qadar davom etadi.
3. Ovoz berish saylov kuni, ya`ni 21 dekabr - yakshanba kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha o‘tkaziladi;
Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlar bo‘yicha Karmana tumani saylov komissiyasining http://navoiy.saylov.uz/oz/districts sayti orqali tanishib borish mumkin.