O‘quv-amaliyot mashg‘ulotlari davom etmoqda

05.10.2024

152

msk_yangiliklari_in

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 27-maydagi 1331-son qarori va mazkur Qaror bilan tasdiqlangan “Saylov komissiyalari a’zolarining malakasini oshirishni tashkil etish Kotsepsiyasi”ga muvofiq Navoiy viloyatidagi 430 ta uchastka saylov komissiyalarining jami 3774 nafar a’zolari uchun o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlar boshlandi.

 

O‘quv-amaliyot mashg‘ulotlar 6 nafar Respublika trenerlari hamda 40 ta hududiy trenerlar tomonidan olib borilmoqda.

 

 

Mashg‘ulotlar davomida “Aralash saylov tizimi va uning o‘ziga xos xususiyatlari”, “Saylov komissiyalari tizimi va faoliyatining asosiy jihatlari”, “Saylovda saylovchilar ro‘yxati bilan ishlash”, “Uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolarni jihozlash va muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish”, “Uchastka saylov komissiyalarining saylov jarayoni boshqa ishtirokchilari (OAV, kuzatuvchilar, jamoat tartibini saqlash va boshqalar) bilan hamkorligi”, “Uchastka saylov komissiyasining ovoz berish kunidagi faoliyati”, “Saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish va natijalarni belgilash” kabi mavzularda ma’lumotlar berilmoqda.

 

O‘quv mashg‘ulotlari saylov bo‘yicha maxsus qo‘llanma, taqdimot materiallari va videodarslardan samarali foydalangan holda savol-javob tarzida olib borilmoqda.

 

Har bir uchastka kesimida o‘quv reja jadvali tasdiqlangan bo‘lib, o‘quvlar 14-oktabrga qadar davom etadi.

 

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur