Saylov kuniga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi

23.10.2024

75

msk_yangiliklari_in

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 27-maydagi 1331-son qarori va mazkur Qaror bilan tasdiqlangan “Saylov komissiyalari a’zolarining malakasini oshirishni tashkil etish Konsepsiyasi”ga muvofiq hududiy ekspertlar tomonidan uchastka saylov komissiyalari barcha a’zolari uchun saylov kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonida saylov qonunchiligiga qat’iy amal qilish yuzasidan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi.

 

           

 

Mazkur tadbirlar oldidan Yoshlar markazi binosida Navoiy viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi Shuhrat Djuraev ishtirokida Respublika va hududiy trenerlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

 

Uchrashuv davomida trenerlar saylov uchastkalariga borib uchastka saylov komissiyalari barcha a’zolari ishtirokida ovoz berish xonalarini tayyor holatga keltirish, statsionar saylov qutisini belgilangan joyga joylashtirish, dalolatnomalarni vaqtida va to‘g‘ri to‘ldirish, kuzatuvchi va OAV vakillarini ro‘yxatga olish hamda ularni saylov jarayoni ko‘rinadigan joyga joylashtirish, har bir saylovchi shaxsan o‘zi ovoz berishi, faqat bir marotaba ovoz berishi, shaxsini tasdiqlovchi hujjatiga asosan byulleten berilishi, ovozlarni sanash jarayonida harakatlar ketma-ketligiga qat’iy amal qilish, bayonnomani to‘g‘ri to‘ldirish va boshqa vazifalarni to‘g‘ri bajarish yuzasidan yana bir bor amaliy mashg‘ulot o‘tkazish bo‘yicha yo‘nalishlar berildi.

 

           

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur