Saylov uchastkalari raislari bilan saylov oldi uchrashuv o‘tkazildi

18.10.2024

110

msk_yangiliklari_in

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat va shahar Kengashlari deputatlarining saylovlarini o‘tkazuvchi saylov uchastkalarining tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishish maqsadida Navoiy viloyati hududiy saylov komissiyasi a’zolari tomonidan Karmana tumanidagi saylov uchastkalarida o‘rganish olib borildi.

 

O‘rganishlar davomida tumanda joylashgan 50 ta saylov uchastkalarida komissiya a’zolarining muddatdan oldin ovoz berish tashkil etish, saylov kunida a’zolar tomonidan bajariladigan harakatlar ketma-ketligini bajarish, ovozlarni sanab chiqish va saylov natijalarini aniqlash borasida amaliy yordamlar ko‘rsatildi.  

 

Shuningdek, hududiy saylov komissiyasi raisi Sh.Djurayev ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda aholini saylov kuni va ovoz berish joyi to‘g‘risida xabardor etish, saylovchilarni saylovchilarning ro‘yxati bilan tanishtirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning saylov huquqlarini ta’minlash kabi muhim masalalar muhokama etildi hamda zarur ko‘rsatmalar berildi. 

 

                  

 

Navoiy viloyati hududiy saylov komissiyasi

Matbuot markazi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur