OPERATORLARNING SJBAT VA SYAERDAN FOYDALANISH BO‘YICHA MALAKALARI OSHIRILDI

17.09.2024

438

msk_yangiliklari_in

Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 17-iyuldagi 458/1-sonli xatiga asosan Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimida (SJBAT) Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatida (SYAER) dolzarblashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasining 12-bandida SJBAT va SYAERdan foydalanish yuzasidan respublika va hududiy trener-ekspertlar hamda operatorlar malakasini oshirish belgilangan.

 

Shunga asosan, joriy yilning iyul – avgust oylarida (29-iyuldan 3-avgust sanasiga qadar) Navoiy davlat pedagogika institutining binosida viloyatimizdagi 23 nafar hududiy trenerlarning SJBAT va SYAERdan foydalanish bo‘yicha malakalari oshirildi.

 

 

Joriy yilning sentyabr oyida 23 nafar hududiy trenerlar tomonidan 430 ta saylov uchastkalarining jami 860 nafar (har bir saylov uchastkasidan 2 nafardan) operatorlarning SJBAT va SYAERdan foydalanish bo‘yicha malakalari oshirildi.

 

Trenerlarining asosiy vazifalari etib, tuman, shahar va uchastka saylov komissiyalari a’zolarini (operatorlari)ni SJBAT va SYAERdan foydalanish ko‘nikmalariga o‘qitish belgilangan. Shuningdek, har bir hududiy trenerga saylov uchastkalari biriktirilgan bo‘lib saylov jarayoni tugagunga qadar hududiy trenerlar tomonidan mazkur saylov uchastkalariga amaliy yordam ko‘rsatib boriladi.

 

 

 

Zafar Orziqulov,

Navoiy viloyati hududiy saylov komissiyasi a’zosi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur