Navoiy viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi Shuxrat Djurayevning brifingdagi nutqi

27.10.2024

101

msk_yangiliklari_in

Bugun, ya’ni 27-oktabr kuni soat 8:00 da O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovi boshlandi.

 

 Ertalab soat sakkizda madhiya sadolari ostida Navoiy hududiy saylov komissiyasi tomonidan tuzilgan 430 ta saylov uchastkalari saylovchilarga o‘z eshiklarini ochdi.

 

Joriy yilgi saylovlarda saylov jarayonini boshqarishning avtomatlashgan tizimidagi saylovchilarning elektron ro‘yxatiga 640 ming 182 nafar saylovchi kiritilgan. Ularning 10 ming 163 nafari muddatidan oldin ovoz berishdi.

 

Saylovchilarning 203 ming 102 nafarini 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etsa, 11 ming 781 nafari birinchi marta ovoz berishmoqda. 70 yoshdan yuqori bo‘lgan saylovchilar 31 ming 649 nafarni, nogironligi bo‘lgan shaxslar esa 15 ming 616 nafarni, shundan 5 ming 017 nafarini harakatlanishada nogironligi bo‘lgan, 685 nafarini ko‘zi ojizlar, 685 nafarini eshitishda nogironligi bo‘lganlar shaxslar, turgan joyida ovoz beruvchilar esa 5 ming 988 nafarni tashkil etmoqda.

 

Bu yilgi saylovlar yangilangan Konstitutsiya va milliy saylov qonunchiligiga binoan, aralash saylov tizimi asosida o‘tkazilmoqda.

 

“Mening tanlovim – obod Vatanim!” shiori ostida o‘tayotgan saylovlarda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan beshta siyosiy partiya va ular tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar raqobatga kirishgan.

 

Siyosiy partiyalar tomonidan barcha darajadagi deputatlik o‘rinlariga 100 foiz nomzodlar ko‘rsatildi.

Saylov kuni saylov jarayonini real vaqt rejimida (onlayn) video-translyatsiya qilish maqsadida viloyatimizning 18 ta saylov uchastkasida jarayonlar video-translyatsiya qilinmoqda.

 

Ayni paytda Navoiy viloyatidagi barcha saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari davom etayapti. Fuqarolarimiz Konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda ovoz berishmoqda.

 

Soat 11:00 holatiga ko‘ra, saylovda qatnashganlar 31,83 foizni tashkil etdi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur