Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev Navoiy viloyati Hududiy saylov komissiyasida bo‘lib 27-oktyabr kuni mamlakatimizda o‘tkaziladigan muhim siyosiy jarayonni milliy qonunchiligimiz va umume’tirof etilgan demokratik tamoyillar asosida tashkil etish va ochiq, oshkora o‘tkazish uchun amalga oshirilayotgan tizimli ishlar bilan yaqindan tanishdi hamda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Navoiy viloyati Hududiy saylov komissiyasi faoliyati bilan tanishish jarayonida Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev komissiya a’zolari bilan suhbatlashdi, saylovga tayyorgarlik ko‘rish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalarni berib o‘tdi. Shuningdek, komissiya tomonidan tayyorlangan saylovga oid ko‘rgazma hamda qo‘llanmalar namuna sifatida e’tirof etildi.