Saylov uchastkalari muhim siyosiy jarayonga tayyor

10.10.2024

124

msk_yangiliklari_in

Yurtimizda yana sanoqli kunlardan keyin, aniqrog‘i 27 oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda esa yirik siyosiy tadbirga puxta hozirlik ko‘rilmoqda.

 

Joriy yilgi saylovlarni o‘tkazish maqsadida Xatirchi tumanida 7 ta viloyat, 25 ta tuman okrug, 69 ta saylov uchastkasi tuzilgan bo‘lib, barchasida saylovga har jihatdan puxta hozirlik ko‘rilgan. 288-saylov uchastkasida ham ajratilgan xonalar qonunchilikda belgilangan talablar asosida jihozlangan. Jumladan, zarur texnika vositalari – kompyuter jamlanmalari, telefon, faks, nusxa ko‘chirish apparati va tegishli adabiyotlar, saylov qonunchiligiga oid ma’lumotlar, saylovchilar huquq va majburiyatlari to‘g‘risidagi targ‘ibot vositalari bilan ta’minlangan. Ovoz berish kabinalari, statsionar va ko‘chma saylov qutilari tayyorlangan. 

 

 

 

– Bugungi kunda bizning saylov uchastkamizda saylovlar jarayoniga tayyorgarlik jadal sur’atlarda olib borilmoqda, – deydi saylov komissiyasi a’zosi Gulnoz Yormatova. – Uchastkamizda 1800 nafar saylovchi bo‘lib, ularning 45 nafari birinchi marta ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan yoshlardir. Uyma-uy, ko‘chama-ko‘cha yurilib, saylovchilar ro‘yxati shakllantirilmoqda. Ularga saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlar va yangiliklar tushuntirilmoqda. Biz uyma-uy yurish jarayonida yoshlar bilan uchrashib, ularga o‘zlarining konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalanishi lozimligini, saylovda faol ishtirok etib, O‘zbekistonimizning ravnaqiga hissa qo‘shishini tushuntirmoqdamiz. Saylov uchastkamizda saylov jarayoniga tayyorgarlik olib borilishi bilan bir qatorda o‘quvlar ham davom etmoqda. Saylov qonunchiligida o‘zgarishlar bo‘lganligi sababli har bir a’zoga tushunchalar berilmoqda. O‘quv uslubiy qo‘llanmalar tarqatilgan.    

 

 

 

Ta’kidlash o‘rinliki, tumanda 124 ming 922 nafar saylovchi bo‘lib, 69 ta saylov uchastkasining 56 tasi umumta’lim maktabida, 5 tasi kasb-hunar maktabida, 5 tasi mahalla, 1 tasi tibbiyot muassasasi va 2 tasi madaniyat va sport markazida joylashgan.  

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur