YOSHLAR SAYLOV TIZIMI HAQIDA MA’LUMOTGA EGA BO‘LMOQDA

18.09.2024

86

msk_yangiliklari_in

Navoiy viloyati hududiy saylov komissiyasi tomonidan Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti “Qishloq xo‘jaligi” fakultetida tahsil olayotgan 1-bosqich talabalari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

 

Unda yoshlarning huquqiy va siyosiy bilimlarini oshirish, saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar, 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi, viloyatda saylovni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari haqida ma’lumotlar berildi.

 

 

Uchrashuv davomida talaba yoshlar saylov komissiyalari tizimi va faoliyatining asosiy jihatlari, aralash saylov tizimi va uning afzalliklari, proporsional va majoritar saylov tizimi tushunchasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari, saylovda saylovchilarning ro‘yxati bilan ishlash tartibi, uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolarni jihozlashda qanday talablar borligi, muddatidan oldin va saylov kuni ovoz berish bo‘yicha batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

 

 

 

 

 

 

Navoiy viloyati hududiy saylov komissiyasi

Matbuot markazi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur