Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashiga saylangan 40 nafar deputatlar ro‘yxatga olindi

31.10.2024

110

msk_yangiliklari_in

Bugun Navoiy viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi o‘tkazildi. 

 

Kun tartibida Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashiga deputatlar saylovining natijalari hamda saylangan deputatlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Majlisni hududiy saylov komissiyasi raisi Shuxrat Djurayev olib bordi.

 

 

Kirish so‘zida HSK raisi 2024-yil 27-oktabrda o‘tkazilgan xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashiga deputatlar saylovi natijalari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida viloyatimizdan ro‘yxatga olingan 640 182 nafar saylovchilarning 467 307 nafari yoki 72,9 foizi ishtirok etdi. 

 

 

 

Majlis qaroriga ko‘ra xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalarining saylov natijalarini aniqlash to‘g‘risidagi bayonnomalari qabul qilindi. Mazkur bayonnomalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 20, 26, 921, 96 va 97-moddalariga muvofiq Saylov okruglaridan xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashiga saylangan 40 nafar deputat ro‘yxatga olindi.

 

 

Saylangan deputatlarning 27 nafari erkaklar, 13 nafarini ayollar tashkil etadi. Shundan 30-45 yoshgacha bo‘lgan deputatlar - 9 nafar, 45-60 yoshgacha - 17 nafar, 60 yoshdan yuqori - 14 nafar. Deputatlarning 7 nafari ilmiy daraja va unvonga ega, 13 nafari turli davlat mukofotlari sovrindorlaridir. 

 

 

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlarining 15 nafari pedagogika, 9 nafari muhandislik, 7 nafari iqtisodiyot (moliya), 3 nafari tibbiyot, 1 nafardan huquq (siyosat) va qishloq xo‘jaligi hamda 4 nafari boshqa mutaxassislikka ega.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur