Uchquduq tumanidagi namunaviy saylov uchastkasi faoliyati

27.09.2024

206

msk_yangiliklari_in

O‘tayotgan har bir kun bizni mamlakatimiz hayotidagi muhim voqea – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga tobora yaqinlashtirmoqda. Bu esa joriy yilning 27 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan yirik siyosiy tadbirga puxta hozirlik ko‘rish lozimligini ko‘rsatadi.

 

205-saylov uchastkasi viloyatimizning shimoliy hududlaridan biri – Uchquduq tumani Do‘stlik mahallasida joylashgan bo‘lib, mazkur namunaviy saylov uchastkasida saylovga har jihatdan puxta hozirlik ko‘rilgan.

 

 

Saylov uchastkasi uchun ajratilgan xonalar qonunchilikda belgilangan talablar asosida jihozlangan. Xususan, zarur texnika vositalari – kompyuter jamlanmalari, telefon, faks, nusxa ko‘chirish apparati va tegishli adabiyotlar bilan ta’minlangan. Ovoz berish kabinalari, statsionar va ko‘chma saylov qutilari tayyorlangan. Saylov qonunchiligiga oid ma’lumotlar, saylovchilar huquq va majburiyatlari to‘g‘risidagi targ‘ibot vositalari bilan ta’minlangan. Yana bir ahamiyatli jihati Navoiy viloyati hududiy saylov komissiyasi a’zolarining hududlardagi faoliyati ham saylov uchastkasi a’zolarining huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlash bilan bir qatorda har bir uchastkani saylovga puxta hozirlashda o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatmoqda.

- Navoiy viloyati hududiy saylov komissiyasi tomonidan belgilangan Kalendar rejaga asosan saylovga oid barcha zarur topshiriqlar va qarorlar o‘z vaqtida yetkazib berilgan bo‘lib, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tayyorlangan “Saylov qonunchiligi va amaliyoti bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanma”, videoroliklar saylov bo‘yicha bilimlarimizni yanada oshirishimizda qo‘l kelmoqda. 205-saylov uchastkasi mahallamizdagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida joylashgan bo‘lib 1 317 nafar saylovchi ovoz berishi kutilmoqda. Bugungi kunda biz uyma-uy yurganimizda birinchi marotaba saylovda ishtirok etayotgan yoshlarimizga saylov tizimiga kiritilgan o‘zgarishlar, ovoz berish tartibi, aralash saylov tizimining afzalliklari, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun saylov kuni qanday qulayliklar yaratilishi bo‘yicha ma’lumotlar berib bormoqdamiz, - deydi 205-uchastka saylov komissiyasi raisi Gulruh Azimova.

 

 

Uchquduq tumanida 26 saylov uchastkasi tuzilgan bo‘lib, a’zolar soni 2014 nafarni tashkil etadi. Hududdagi jami saylovchilar soni esa 28 366 nafardan iborat.

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur