14.09.2024

18396

msk_yangiliklari_in

Joriy yilning 27-oktabrida mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon, Oily Majlis Qonunchiliki palatasi hamda mahalliy Kengashlarga saylov bo‘lib o‘tadi. Navoiy shahrida ham ushbu siyosiy jarayonlarga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan.

 

 Navoiy shahri bo‘yicha 25 ta okrug, 56 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan bo‘lib, to‘qson mingdan ortiq saylovchilar ovoz beradilar. Hozirda Navoiy shahar saylov komissiyasi tomonidan okrug va uchastkalarni saylovga tayyorlash ishlari to‘liq yakunlangan. Shahar saylov komissiyasi zarur jihozlar va orgtexnika vositalari bilan ta’minlandi. 

 

 

Komissiya binosida SJBAT va “E-saylov” axborot tizimi talablariga javob beruvchi kompyuter va ularga kerakli bo‘lgan qurilmalar (printer, skaner, UPS va boshqalar) hamda uzluksiz (simsiz) internet aloqasi mavjud. Shahar saylov komissiyasi joylashgan bino va unga olib boruvchi yo‘laklar obodonlashtirilib, yoritish moslamalari to‘liq o‘rnatilgan.

 

 Komissiya o‘z binosida saylov sanasiga bag‘ishlangan plakatlarni, navbatchilik ro‘yxatlarini tayyorlab qo‘yildi. Hozirda uchastka saylov komissiyalari a’zolarini Saylovni o‘tkazish, qonunchilikdagi yangiliklar va talablar bilan tanishtirish maqsadida o‘quv seminarlari bo‘lib o‘tmoqda.

 

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur