Navoiy viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi o‘tkazildi

22.08.2024

197

msk_yangiliklari_in

Yig‘ilish kun tartibidan bir necha masalalar o‘rin olgan bo‘lib, dastavval Navoiy viloyatida saylov uchastkalarini tuzish to‘g‘risidagi masala ko‘rildi.

 

Hududiy saylov komissiyasiga 3 ta shahar va 8 tuman hokimliklarining saylov uchastkalarini tuzish to‘g‘risidagi taqdimnomalari “E-saylov” axborot tizimi orqali kelib tushdi. Unga ko‘ra saylov uchastkalarining 289 tasi umumta’lim maktablarida, 53 tasi mahalla fuqarolar yig‘inlari binolarida, 26 tasi litsey va texnikumlarda, 25 tasi madaniyat va sport markazlarida, 12 tasi davlatga qarashli korxona va tashkilotlar binolarida, 11 tasi tibbiyot, sanatoriy va dam olish maskanlarida, 11 tasi harbiy qism, ozodlikdan mahrum etish muassasalari binolarida, 2 tasi oliy o‘quv yurtlari va 1 tasi tadbirkorlarga tegishli binolarda tashkil etilishi bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

 

Shuningdek, yig‘ilishda kun tartibidagi navbatdagi - viloyat hududiy saylov komissiyasi huzuridagi matbuot markazini tuzish to‘g‘risidagi masala ko‘rildi.

 

Ko‘rib chiqilgan masalalar muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

 

 

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur