Navoiy viloyati
hududiy saylov komissiyasi

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

HUDUDIY TRENERLARNING O‘QISH JARAYONLARI YAKUNLANDI

23.08.2024

76

msk_yangiliklari_in

“Saylov komissiyalari a’zolarining malakasini oshirishni tashkil etish haqida”gi Markaziy saylov komissiyasining qarori ijrosini ta’minlash borasida Navoiy viloyatida ham tizimli ishlar tashkil etilgan. Xususan, joriy yilning 19 avgust sanasidan boshlab viloyatimizdagi  40 nafar trenerlar uchun Navoiy davlat pedagogika instituti binosida o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari olib borildi.

 

 

O‘quv jarayonlariga Davlat boshqaruvi akademiyasida malaka oshirgan 

6 nafar Respublika trenerlari jalb etilgan bo‘lib, dars mashg‘ulotlari interfaol usulda pedagogik mahorat va siyosiy savodxonlik nuqtai nazaridan tashkil etildi. O‘quvlarda trenerlar saylov bo‘yicha o‘quv-amaliy qo‘llanma va boshqa tarqatma materiallar bilan ta’minlandilar.

 

Ushbu o‘quvlarga Hududiy saylov komissiyasi a’zolari ham jalb etilib, amaliy mashg‘ulotlar Navoiy shahridagi 16-umumiy o‘rtata’lim maktabi hamda Namunaviy saylov uchastkasida o‘tkazildi.

 

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur